Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Messining o‘g‘li U-13 MLS kubogida 11 gol urdi!

Messining o‘g‘li U-13 MLS kubogida 11 gol urdi!

"Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messining 12 yoshli o‘g‘li Tyago Messi U-13 MLS kubogida fantastik natija qayd etdi.

«Inter Mayami» U-13 jamoasi «Atlanta Yunayted»ga qarshi o‘yinda 12:0 hisobida g‘alaba qozondi, Tyago esa jamoasining 11 goliga mualliflik qildi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu natija MLS yoshlar musobaqalari uchun tarixiy hisoblanadi.

Qizig‘i shundaki, Tyago bu gollari bilan Krishtianu Ronalduning o‘g‘lidan ikki barobar yaxshi natija qayd etdi. Biroz avval Krishtianu Ronaldu Junior Saudiya Arabistoni U-15 chempionatida «An-Nasr» – «Al-Ittihod» (5:4) uchrashuvida jamoasining barcha 5 golini urgan edi.

Kiritildi: 23:24 06.02.2025. O'qildi: 1227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!