Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Messining transfer bahosi yana pasaytirildi

Messining transfer bahosi yana pasaytirildi

Transfermarkt portali ketma-ket uchinchi marta «Barselona» hujumchisi Lionel Messining transfer bahosini tushirdi.

Natijada jahonning eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxatida 32 yoshli argentinalik futbolchi 8-o‘ringa tushdi. Uning transfer bozoridagi hozirgi narxi 140 million yevroni tashkil etmoqda.

«Barselona» sardoridan oldingi o‘rinlarda «Pari Sen-Jermen» forvardi Kilian Mbappe (€ 200 mln), «Manchester Siti»dan Rahim Sterling va «Pari Sen-Jermen»dan Neymar (€ 160 mln), shuningdek, Sadio Mane va Muhammad Saloh («Liverpul»), Harri Keyn («Tottenhem») hamda Kevin De Bryuyne («Manchester Siti») (barchasi - € 150 mln) singari futbolchilar joy olgan.

Ma’lumot uchun, Messi ushbu mavsumda «Barselona» tarkibida 20 o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 19:30 11.01.2020. O'qildi: 2684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!