Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Messining shaxsiy qo‘riqchisi chetlatildi

Messining shaxsiy qo‘riqchisi chetlatildi

«Inter Mayami» futbolchisi Lionel Messining shaxsiy qo‘riqchisi Ligalar kubogi o‘yinlaridan chetlatildi. Bu haqda Tyc Sports nashri xabar berdi.

«Inter Mayami» – «Atlas» (2:1) uchrashuvining oxirgi daqiqalarida jamoa o‘yinchilari o‘rtasida janjal yuz berdi. Kelishmovchilikning qizg‘in pallasida Messining shaxsiy qo‘riqchisi Yassin Cheuko vaziyatga aralashib, Meksika klubining ikki futbolchisini turtib yubordi. Shu harakati uchun u Ligalar kubogida ishtirok etish huquqidan mahrum qilindi.

«30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan «Inter Mayami» – «Atlas» o‘yinidan so‘ng mezbonlar delegasiyasidan bir kishi rasmiy akkreditasiyasiz taqiqlangan hududga kirib, noo‘rin xatti-harakatlar amalga oshirdi», — deyiladi turnir tashkilotchilari bayonotida.

Shuningdek, shaxsiy qo‘riqchining bu nomaqbul ishlari uchun «Inter Mayami» klubiga jarima ham solindi.

Kiritildi: 23:35 02.08.2025. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!