Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Messining "Inter Mayami"dagi rejalari ma’lum bo‘ldi

Messining "Inter Mayami"dagi rejalari ma’lum bo‘ldi

Argentinalik hujumchi Lionel Messi "Inter Mayami" bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytiradi.

Bu haqda jurnalist Xavi Kampos Tot Costa podkastida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, yangi kelishuv yaqin haftalarda e’lon qilinadi. Qayd etilishicha, argentinalik futbolchi 2026 yilgi jahon chempionati va 2028 yilgi Amerika kubogida ishtirok etish niyatida.

Messi 38 yoshda, u 2023 yilning yozidan buyon "Inter Mayami"da o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi MLS muntazam chempionati g‘olibiga aylandi va turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning oxirigacha amal qiladi.

Messi faoliyati davomida Ispaniyaning “Barselona” va Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klublarida o‘ynagan. Argentinalik futbolchi sakkizta “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. Argentina terma jamoasi bilan Messi Jahon chempionati (2022) va Amerika Kubogi (2021, 2024) g‘olibiga aylandi.

Kiritildi: 10:50 01.08.2025. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!