Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messining gollari soni 905 taga yetdi

Messining gollari soni 905 taga yetdi

Lionel Messi «Kolorado Repids» darvozasiga ikkita gol urdi.

«Inter Mayami» hujumchisi MLS muntazam mavsumi doirasidagi o‘yinning 18-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, 79-daqiqada o‘yindan gol urdi.

Endilikda 38 yoshli argentinalik yulduzning faoliyati davomida urgan gollari soni 905 taga yetdi. U «Barselona» tarkibida 672 ta, Argentina terma jamoasida 116 ta, «Inter Mayami»da 85 ta va «PSJ» safida 32 ta gol urgan. Messi, shuningdek, 407 ta golli uzatmani ham amalga oshirgan.

«An-Nasr» klubida to‘p surayotgan Krishtianu Ronaldu esa faoliyati davomida 968 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 08:44. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!