Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi yubileyini nishonladi

Messi yubileyini nishonladi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi hozirgi jamoasi safida yuzinchi o‘yinini o‘tkazdi. Argentinalik yulduz o‘zining yubiley bahsini MLS doirasidagi «Orlando Siti»ga qarshi o‘yinda gol va golli uzatma bilan nishonladi, biroq «flamingolar» 3:0 hisobida oldinda borib, yakunda imkoniyatni boy berishdi (3:4).

38 yoshli futbolchi «Inter Mayami» libosidagi 100 ta uchrashuvda 86 ta gol va 45 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Florida jamoasi safiga 2023 yilning yozida «PSJ»dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda hujumchi «Inter Mayami» safida barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va bir bor assistentlik qildi.

Kiritildi: 23:54 03.05.2026. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!