Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Messi yillik 1,4 milliard yevro maoshga rad javobini bergan

Messi yillik 1,4 milliard yevro maoshga rad javobini bergan

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi prezidenti Anmar al-Xayli argentinalik yulduz hujumchi Lionel Messiga qancha pul to‘lashga tayyorligini aytdi.

"Men haqiqatan ham Lionel Messi bilan ehtimoliy transfer haqida gaplashdim. O‘shanda u hali "PSJ"da o‘ynayotgandi. Men unga yiliga 1,4 milliard yevro taklif qildim, biroq Messi rad javobini berdi," - dedi rahbar.

Messi ayni damda Amerikaning "Inter Mayami" klubi futbolchisi hisoblanadi. 38 yoshli argentinalikning mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi MLS chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 13:26. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!