Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi Finalissimada Ispaniyaga qarshi o‘ynash-o‘ynamasligi haqidagi savolga javob berdi.
Avvalroq, Yevropa va Janubiy Amerika chempionlari Ispaniya va Argentina terma jamoalari mart oyida sovrin uchun o‘ynashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Finalissimda o‘ynaymanmi? Yo‘q. To‘g‘risini aytsam, yo‘q. Hatto bu o‘yin bo‘lishi ham tasdiqlanmagan. Hali o‘zlari ham bilishmaydi. Ammo ochiqchasiga aytadigan bo‘lsam, mavsum o‘rtasidagi mavsumoldi tayyorgarlik men uchun barchasini o‘zgartiradi. Bu yangi mavsumni noldan boshlashga o‘xshaydi," - dedi Messi ESPN’ga.
38 yoshli Lionel Messi kuzda "Inter Mayami" bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirdi.