Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi yana "Oltin to‘p"ga da’vogarlik qilmayapti.
Bu futbolchilar ketma-ket ikkinchi yil France Football talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogar 30 nafar futbolchi qatoridan o‘rin olmagan.
2003 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda "Oltin to‘p"ga ulardan kamida biri - Lionel yoki Krishtianu nomzod bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi faoliyati davomida rekord darajadagi 8 marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan. Ronaldu 5 marta sovrindor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti"ning amaldagi sovrindori Rodri ham nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmagan edi.