Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Messi nima uchun "Barselona"ga qaytmaganini tushintirdi

A A A
Messi nima uchun "Barselona"ga qaytmaganini tushintirdi

MLSning "Inter Mayami" klubiga o‘tishini e’lon qilgan argentinalik hujumchi Lionel Messi "Barselona"ga qaytish nima uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tushuntirdi. Forvardning so‘zlariga ko‘ra, u ikki yil oldingi vaziyatni qaytadan boshdan kechirishni istamagan.

“Men kelajagimni birovning qo‘liga ishonib topshirishni xohlamadim. Qaytganimdan juda xursand bo‘lardim, lekin oxir-oqibat bunday bo‘lmadi", - dedi Messi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" 2022/2023 yilgi mavsum yakunida Messining ketishini e’lon qilgan edi. 35 yoshli futbolchi klubni tekinga tark etdi. Lionel “Inter”ning taklifini qabul qilishdan avval “Barselona” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi futbolchiga ikki yil davomida 1,2 milliard yevro to‘lashni va’da qilgan klublar taklifini rad etdi.

Kiritildi: 12:15 08.06.2023. O'qildi: 4760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!