Bugun 23 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Messi Mbappening gaplariga javob qaytardi

Messi Mbappening gaplariga javob qaytardi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa chempionati jahon chempionati bilan taqqoslaganda qiyin musobaqa deya fikr bildirdi.

Bu gaplarga Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi javob berdi.

"Kilian Janubiy Amerika jamoalari yevropaliklar bilan bir xil raqobatga ega emasligini aytdi. Hamma o‘zi o‘ynagan turnirni qadrlaydi.

Evropa chempionati juda muhim, lekin u yerda uch karra jahon chempioni Argentina, besh karra jahon chempioni Braziliya, ikki karra jahon chempioni Urugvay ishtirok etmaydi. JChni deyarli yarmida g‘alaba qozongan jamoalar ishtirok etmaydigan musobaqani eng zo‘r deyish to‘g‘rimi?

Jahon chempionati eng yaxshi jamoalarni birlashtiradi, barcha jahon chempionlari odatda u yerda bo‘lishadi. Shu bois hamma bu turnirda g‘alaba qozonishni istaydi», — deya fikr bildirdi Messi.

Kiritildi: 22:27 13.06.2024. O'qildi: 7432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!