Argentinalik hujumchi Lionel Messi Argentina futbolining yana bir afsonasi — Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea «La noche del 10» («O‘nliklar kechasi») ko‘rsatuvida yuz bergan bo‘lib, Messi u yerga shaxsan Maradonaning tashabbusi bilan taklif qilingan.
«Men taklif oldim va albatta, rad eta olmasdim — bordim. U yerda boshqa yaqinlarim — otam, amakim va amakivachchalarim ham bor edi. Ularning barchasi Maradona bilan tanishishdi. Bu unutilmas voqea edi», — deya Messining so‘zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, Diyego Maradona 2020 yilning noyabr oyida vafot etgan edi.