Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda ayol 17 yoshli qizining homiladorligi sabab o‘zini yoqib yubordi

Qirg‘izistonda ayol 17 yoshli qizining homiladorligi sabab o‘zini yoqib yubordi

Qirg‘izistonda ayol 17 yoshli qizining homiladorligi sabab o‘zini yoqib yubordi.

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Ak-Suu tumanida yashovchi ayol 17 yoshli qizining homiladorligi sabab o‘zini yoqib yuborgan. Oqibatda ayol vafot etgan. Qizning onasi voyaga yetmagan qizining homiladorligidan xabar topgach, ruhiy tushkunlikka tushgan. Qiz 2009 yilda tug‘ilgan bo‘lib, homiladorlikning 16-haftasida bo‘lgan.

Ayol 25 fevral kuni uydan chiqib, o‘ziga benzin sepgan va yoqib yuborgan. Ayol shifoxonaga yetkazilgan, biroq og‘ir kuyish jarohatlari sabab vafot etgan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!