Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Messi kimga ko‘proq assistentlik qilgan

Messi kimga ko‘proq assistentlik qilgan

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida 400 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 38 yoshli argentinalik tarixda birinchi bo‘lib bu ko‘rsatkichga erishdi.

Messidan eng ko‘p golli uzatmalarni uning hozirgi jamoadoshi Luis Suares qabul qilib olgan - 47, deya xabar bermoqda Inter Miami News Hub. Ikkinchi o‘rinda Lionelning paslaridan keyin 27 marta gol urgan Neymar, uchlikni esa Kilian Mbappe yakunlab bergan - 20. Keyingi o‘rinlarni Pedro Rodriges (17), Samuel Eto'O (15), Jordi Alba (14), David Vilya (13), Andres Inyesta, Sesk Fabregas, Jerard Pike va Aleksis Sanches (har biri 10 nafardan) egalladi.

Messi 2023 yilda "Inter Mayami"ga o‘tgandi. U bungacha "PSJ" va "Barselona" klublarida to‘p tepgan.

Kiritildi: 18:08 09.11.2025. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!