Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Messi jazolandi!

Messi jazolandi!

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi bir o‘yinga diskvalifikasiya qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda. Bunga argentinalik futbolchining MLS yulduzlari jamoasi safida o‘yin o‘tkazishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

Manbalarga ko‘ra, 38 yoshli Messi 23 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etmagan. Ushbu bellashuvda MLS yulduzlari Meksika chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan jamoaga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

MLS reglamentiga ko‘ra, yulduzlar o‘yinida qatnashmaslik futbolchining keyingi klub o‘yinida maydonga tushmasligiga olib keladi. Shu sababli, Messi yaqinlashib kelayotgan navbatdagi o‘yinda “Inter Mayami”ga yordam bera olmaydi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 24 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning “Inter Mayami” bilan tuzgan shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 18 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 22:52 24.07.2025. O'qildi: 1133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!