Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi Jahon chempionatiga boradimi? Argentina FIFAga ilk ro‘yxatni taqdim etdi

Messi Jahon chempionatiga boradimi? Argentina FIFAga ilk ro‘yxatni taqdim etdi

Jahon chempionati boshlanishiga roppa-rosa bir oy qoldi. Argentina terma jamoasi dushanba kuni FIFAga taqdim etilgan dastlabki tarkibni e’lon qildi. Ushbu kengaytirilgan ro‘yxatdan 55 nafar futbolchi o‘rin olgan.

Eng muhim jihat shundaki, Lionel Messi ushbu qaydnomaga kiritilgan. Avvalroq matbuotda Messining Jahon chempionatida ishtirok etish borasida hali bir qarorga kelmagani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Yulduz hujumchi musobaqaga jismoniy jihatdan 100 foiz tayyor ekanligiga ishonch hosil qilmoqchi ekanligi aytilgandi.

Jahon chempionatining guruh bosqichida Argentina Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. «Albiseleste» AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan turnirda Jahon kubogini himoya qiladi.

Kiritildi: Bugun 19:16. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!