Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Messi hayotida ko‘rgan eng yaxshi futbolchi kim ekanini ma’lum qildi

Messi hayotida ko‘rgan eng yaxshi futbolchi kim ekanini ma’lum qildi

“Inter Mayami” klubining afsonaviy argentinalik futbolchisi, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi hayotida ko‘rgan eng yaxshi futbolchi kim ekanini ma’lum qildi.

“Ronaldo — fenomen edi. Men ko‘rgan barcha futbolchilar orasida u eng yaxshisi bo‘lgan. Qaysi tomondan qaramang, u hayratlanarli o‘yinchi edi”, deya Messining so‘zlarini keltiradi Sport Bible nashri.

Ma’lumot uchun, Ronaldo o‘zining ajoyib tezligi, texnikasi va hujumlarni samarali yakunlashi bilan mashhur bo‘lgan. U professional faoliyatini “Kruzeyro” klubida boshlagan, keyinchalik “PSV”, “Barselona”, “Inter”, “Real” va “Milan” klublarida o‘ynagan.

Braziliyalik futbolchi ikki marta “Oltin to‘p” (1997, 2002) sohibi bo‘lgan. Shuningdek, u ikki karra jahon chempioni bo‘lgan (1994, 2002). 2002 yilda Ronaldo turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lib, Braziliyaning g‘alabasida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Bundan tashqari, u Amerika Kubogi va Konfederasiyalar Kubogini qo‘lga kiritgan.

Uning futbolchilik faoliyati 2011 yilda yakunlangan.

Kiritildi: 10:19 04.02.2025. O'qildi: 1658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!