Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Messi finallardagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Messi finallardagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Lionel Messi "Inter Mayami"ni Ligalar kubogi finalida "Sietl Saunders"ga (0:3) qarshi o‘yindagi qaqshatqich mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida hisob ochilgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda "qo‘tonlar" yana ikki bor gol o‘tkazib yuborishdi.

38 yoshli hujumchi faoliyatida ikkinchi marta finalda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, deya ta’kidlaydi MisterChip. Birinchi bunday holat uzoq 2007 yilga to‘g‘ri keladi: o‘shanda Argentina terma jamoasi Amerika kubogining hal qiluvchi o‘yinida Braziliyaga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Messi o‘shanda endigina 20 yoshga to‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik yulduz 2023 yildan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 10:02 01.09.2025. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!