Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Messi "Barselona" sobiq bosh murabbiyining o‘limi haqida gapirdi

Messi "Barselona" sobiq bosh murabbiyining o‘limi haqida gapirdi

Lionel Messi "Barselona" Tito Vilanovaning vafotidan keyin qanday o‘ziga kelganini so‘zlab berdi.

Pep Gvardiolaning sobiq yordamchisi jamoaga 2012 yil iyulidan boshchilik qila boshlagan edi. Dekabr oyida Vilanova quloq oldi bezi saratoni tufayli jarrohlik amaliyotidan o‘tdi.

Keyinchalik u davolanish sababli jamoa o‘yinlarini o‘tkazib yubordi va 2013 yil iyulida sog‘lig‘i yomonlashgani bois "Barselona"ni tark etishga majbur bo‘ldi. Vilanova 2014 yil 25 aprelda to‘satdan vafot etdi.

"Tito bilan yuz bergan voqea bizga juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U doim ham biz bilan birga bo‘lmasa-da, biz bo‘layotgan barcha narsani his qilardik.

Uning og‘ir kunlarni boshidan kechirayotganini, azob chekayotganini bilardik, ammo bu qanday yakun topishini hech kim bilmasdi. Shubhasiz, bu jamoaga ta’sir qildi.

Sodir bo‘lgan barcha narsalar tufayli bu har jihatdan og‘ir mavsum bo‘ldi," - dedi Lionel Messi "Simplemente fútbol" YouTube kanaliga.

Kiritildi: 18:49 18.04.2025. O'qildi: 1335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!