Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Messi “Barselona”ga qanday shartlar qo‘ygandi?

Messi “Barselona”ga qanday shartlar qo‘ygandi?

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi 2020 yilda “Barselona” bilan muzokaralari vaqtida qo‘ygan shartlari tafsiloti ochiqlandi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Argentinalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar”dan 2020 yilda shartnoma imzolaganlik uchun 10 million yevro bonus, pandemiya davrida maoshlar qisqargani uchun kompensasiya va tovon pulini 10 ming yevro bo‘lishini so‘ragan.

Manbaga ko‘ra, bu Messi qo‘ygan talablarning hammasi emas. Hujumchi, shuningdek, o‘z oilasi va Luis Suaresning oilasi uchun “Kamp Nou”dan shaxsiy loja va Yangi yil arafasida oilasi bilan Argentinaga uchishi uchun charter reys talab qilgan.

O‘sha vaqtdagi “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu Leoning talablarini qabul qilgan, biroq 700 millionlik tovon pulini 10 ming yevroga tushirish talabini bajarmagan. Ushbu kelishmovchiliklar bartaraf etilmagani tufayli tomonlar muzokarani davom ettirolmagan va Messi o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2021 yil avgust oyida “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etib, Fransiyaning PSJ jamoasi safiga borib qo‘shilgan edi. U “ko‘k-anorranglilar” safida umumiy hisobda 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 gol va 305 assistni amalga oshirgan.

Kiritildi: 18:08 22.09.2022. O'qildi: 4664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!