"Inter Mayami"ning argentinalik yulduzi Lionel Messi "Barselona"ni tark etgan vaqtidagi hissiyotlar qanday bo‘lganini aytdi.
"Barcelona"dan ketganimdan so‘ng ichimda g‘alati bir tuyg‘u qoldi. Butun hayotimni o‘sha yerda o‘tkazdim, ammo ketishim orzu qilganimdek ham, tasavvur qilganimdek ham bo‘lmadi.
Men har doim aytganman — Yevropada va "Barcelona"da faoliyatimni yakunlashni orzu qilganman.
Ayriliq payti ham biroz g‘alati o‘tdi — holatlar va atrofdagi sharoit tufayli. Ammo ishonamanki, odamlarning menga bo‘lgan sevgisi abadiy qoladi. Biz birga o‘tkazgan onlar unutilmaydi.
Men o‘sha daqiqalarni juda sog‘indim. Balki hozir, orqaga qarab, ularni o‘sha paytdagidan ham chuqurroq his qilyapman. Chunki o‘sha payt o‘yindan-o‘yinga yugurib, nima yaratganimizni anglamasdik. Endi esa tinchlikda, orqaga nazar tashlab, ularning naqadar go‘zal bo‘lganini tushunaman", - dedi 38 yoshli superyulduz.