“Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ga qaytishni istamayapti. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Messi hozirda Kataloniya jamoasi rahbariyati bilan sovuq munosabatda bo‘lgani uchun "Barselona" bilan hech qanday aloqasi bo‘lishni istamayapti. Ta’kidlanishicha, Messi ehtimoliy faxriy o‘yinda "Barselona" libosida qatnashishni ham rejalashtirmagan.
Bundan tashqari, argentinalik futbolchi yaqinda jurnalistlar bilan “Barselona” haqida gaplashishdan bosh tortgan, shu bois futbolchining klubga qaytishi haqida gap-so‘z yo‘q. Tez orada Messi "Inter Mayami" bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda.