Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mers Xitoy tovarlari raqobatbardoshligini pasaytirish uchun yuan kursini sun’iy ravishda oshirishni taklif qildi

Mers Xitoy tovarlari raqobatbardoshligini pasaytirish uchun yuan kursini sun’iy ravishda oshirishni taklif qildi

Germaniya kansleri Yevroittifoqni Xitoyga nisbatan qattiqroq siyosat olib borishga chaqirdi va 1985 yildagi Plaza Accord kelishuviga o‘xshash yangi xalqaro bitim tuzish g‘oyasini ilgari surdi.

Uning ta’kidlashicha, Xitoy yuani taxminan 30 foizga arzonlashtirilgan va bu valyuta siyosati tufayli Pekin o‘z mahsulotlarini jahon bozorida sun’iy ravishda arzonlashtirib, "bozorlarni to‘ldirib tashlayapti".

Evropa Ittifoqi ekspertlari kuchsiz yuan kursi Xitoy eksportining faol o‘sishiga va yevropalik mahalliy ishlab chiqaruvchilarning zarar ko‘rishiga sabab bo‘lyapti deb hisoblamoqda.

Tahlilchilarning eslatishicha, o‘z vaqtida xuddi shunday kelishuv iyena kursining keskin oshishiga olib kelib, Yaponiya iqtisodiyotini uzoq yillik stagnasiyaga (turg‘unlik) mahkum qilgan edi.

Kiritildi: 12:40 24.06.2026. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!