Bild nashrining xabar berishicha, Germaniya kanslerining pozisiyasini uni partiyasi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq uning hukmron koalisiyadagi hamkori Sosial-demokratik partiya (SDP) bunga qarshi chiqmoqda.
"Kecha AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya Ukrainaga tinchlikparvar kontingentini yuborishga tayyorligini aytgan edi. Ko‘rinishidan, u Merining pozisiyasini bildirgan, biroq bu qarorni Germaniya hukumatidagi barcha ham qo‘llab-quvvatlamaydi", deya yozmoqda Bild.
Bundan tashqari, Germaniya qonunlariga ko‘ra, qo‘shinlarni yuborish haqidagi qarorni Bundestag (parlament) tasdiqlashi kerak. Ammo kansler Mersning partiyasi parlamentda mutlaq ko‘pchilik o‘ringa ega emas va shu sababli SDP bilan koalisiyada ishlashga majbur.