Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Merkel Rossiya ishtirokida YES xavfsizligi ustida ishlashga chaqirdi

Merkel Rossiya ishtirokida YES xavfsizligi ustida ishlashga chaqirdi

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel kelgusida umumiy Yevropa xavfsizlik arxitekturasi ustida ishlashni davom ettirish zarur va bu Rossiya ishtirokida amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, Merkel Ukrainadagi maxsus operasiyani qoralagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Germaniyada xotirjam bo‘lishga asos yo‘q, ammo yetarlicha kuch va o‘ziga ishonch bilan bu inqirozni ham yengib o‘tish mumkin.

Merkel Germaniya hukumati rahbari lavozimini 2021 yilda tark etgan, u 2005 yildan beri 16 yil davomida Germaniya kansleri lavozimida ishlagan.

Rossiya 24 fevraldan beri Ukrainada harbiy operasiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genosidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.

Kiritildi: 03:00 01.10.2022. O'qildi: 3593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!