Bu haqda Mercedes-Benz Group bosh direktori Ola Kallenius ma’lum qildi.
"Dunyo ertaga nima yuz berishi oldindan aytib bo‘lmaydigan makonga aylandi va mening nazarimda, Yevropa o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirishi kerakligi mutlaqo kunday ravshan. Agar biz ushbu jarayonda ijobiy rol o‘ynay olsak, bunga tayyormiz", — deydi Kallenius.
Shu bilan birga, Ola Kallenius yangi mudofaa biznes ittifoqi umumiy portfelining faqat "arzimas ulushini" tashkil etishini qayd etdi. Biroq, uning fikricha, aynan shu soha "o‘sib boruvchi tarmoqga" aylanishi mumkin.
Avvalroq Volkswagen ham qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi. Aprel oyida Financial Times gazetasi Volkswagen Isroilning Rafael Advanced Defense Systems mudofaa kompaniyasi bilan ehtimoliy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergandi. Tomonlar Volkswagen’ning inqirozni boshdan kechirayotgan Osnabryukdagi zavodini Isroilning "Temir gumbaz" raketaga qarshi mudofaa tizimi komponentlarini ishlab chiqarish uchun qayta jihozlashni rejalashtirmoqda.