Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Ahmedov Bahodir Bobomurodovich «Yangi O‘zbekiston» universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Bahodir Ahmedov — fizika-matematika fanlari doktori, O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
Magistraturani Ispaniyaning «Granada» universitetida, doktoranturani Germaniyaning «Axen texnika universiteti»da yakunlagan.
Mehnat faoliyati davomida Bahodir Ahmedov Toshkentdagi INHA universitetida professor, 2021 yildan bugungi kunga qadar «Yangi O‘zbekiston» universitetida professor va o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor sifatida faoliyat yuritgan.
U 2020 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.