Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mercedes-Benz va Nvidia haydovchisiz avtomobillar uchun sun’iy intellekt yaratadi

Mercedes-Benz va Nvidia haydovchisiz avtomobillar uchun sun’iy intellekt yaratadi

Germaniyaning Mercedes-Benz avtomobil konserni va AQShning Nvidia kompaniyasi avtonom boshqaruv texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda. Tomonlar haydovchiga yordam berish tizimlarining yangi avlodini birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Hamkorlik keyingi o‘n yilga mo‘ljallangan.

Yangi texnologiyalar avtomobillarga murakkab yo‘l sharoitlarida, jumladan, shaharlardagi tirbandliklar, chorrahalar va avtoturargohlarda mustaqil harakatlanish imkonini berishi kutilmoqda.

Loyiha asosida Mercedes-Benz kompaniyasining MB.OS avtomobil operasion tizimi va Nvidia sun’iy intellekt platformasi yotadi. Alpamayo dasturiy ta’minoti avtomobilning atrof-muhitni yaxshiroq anglashi, ehtimoliy xavflarni baholashi va tegishli harakatlarni tanlashiga yordam beradi.

Hamkorlikning keyingi maqsadi avtonom boshqaruvning to‘rtinchi darajasiga erishishdir. Bu muayyan sharoitlarda avtomobil haydovchining doimiy nazoratisiz barcha boshqaruv vazifalarini mustaqil bajara olishini anglatadi.

Kelajakda ushbu texnologiyalardan robotaksi xizmatlarida ham foydalanish rejalashtirilgan.

Mercedes-Benz yangi funksiyalar seriyali avtomobillarda qachon paydo bo‘lishini hozircha ma’lum qilmagan.


Kiritildi: 21:00 17.10.2026. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!