Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Mercedes-Benz Dubayda hashamatli turar joy majmuasini qurmoqchi

A A A
Mercedes-Benz Dubayda hashamatli turar joy majmuasini qurmoqchi

Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchisi Binghatti bilan hamkorlikda Dubayda Mercedes-Benz brendi ostida shahar yaratish uchun 8,2 milliard dollarlik keng qamrovli loyihani ishlab chiqmoqda. Bu haqda Gulfnews xabar berdi.

Umumiy maydoni 930 000 kvadrat metr bo‘lgan Mercedes-Benz Places-Binghatti City turar joy majmuasi Meydan tumanida joylashgan bo‘ladi. Bir nechta minoralardan iborat majmua Mercedes-Benzning "Sentimental tozalik" falsafasiga asoslangan turar joy va tijorat inshootlari, dam olish maskanlari va jamoat joylarini o‘z ichiga oladi.

Mercedes-Benz va Binghatti loyihasi o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan "shahar ichidagi shahar"dir: savdo rastalari, madaniy zonalar, dam olish maskanlari, bog‘lar, transport markazlari, sog‘liqni saqlash va sport inshootlari, restoranlar va ko‘ngilochar zonalar. Bularning barchasi majmua aholisi uchun piyoda yurish masofasida bo‘ladi.

Loyiha 2026 yil 14 yanvarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:15 18.12.2025. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!