Boks bo‘yicha sakkiz vazn toifasi jahon chempioni Menni Pakyao rasman Filippin prezidentligiga nomzodini qo‘ydi.
Filippinlik 42 yoshli sobiq sportchi o‘z Instagram sahifasiga fotosurat joylab, unga quyidagicha izoh qoldirdi:
“Bugun Mennining hayotida kambag‘allik, g‘am-qayg‘u va korrupsiyaga qarshi yangi jang boshlanadi. Doimgidek qalbingizdan joy olish uchun shu yerda bo‘lishimga ishoning!”
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bokschi sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi