Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

«Mening bog‘im» loyihasini moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi

A A A
«Mening bog‘im» loyihasini moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.

Qonunchilikka asosan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bunda “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha yer maydoni manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda, qiymati 250 mln so‘mdan oshmagan tashabbus bildiriladi. “Mening bog‘im” loyihalariga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkaziladi.

Ajratiladigan mablag‘lar miqdoriga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi. Aniqlik kiritilgan miqdordan oshgan taqdirda loyihaga boshqa loyihalarda iqtisod qilingan mablag‘lar ajratiladi. Shuningdek, loyihalarga viloyatlar va poytaxt kengashlarining qarorlari asosida mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha mablag‘lari sarflanadi.

Hujjat bilan Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan "Mening bog‘im" loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirish tartibi;
  • loyihalarni shakllantirish, saralab olish va g‘oliblarni aniqlash;
  • g‘olib loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish;
  • hisobdorlik va ochiqlikni ta’minlash;
  • javobgarlik va loyihalarni amalga oshirish ustidan nazorat.
Kiritildi: 15:27 03.04.2024. O'qildi: 1314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!