AQSh tomonidan Kubada harbiy aralashuv ehtimoldan yiroq, chunki orol halokat yoqasida, dedi Donald Tramp.
"Menimcha, Kuba qulashga tayyorlanmoqda. Men Kuba hukumati mamlakat ustidan nazoratni qanday ushlab turganini bilmayman, ammo hozir Kubaning hech qanday daromadi yo‘q. Ular barcha daromadni Venesuela neftidan olardi. Endi ular bundan mahrum bo‘ldi. Kuba tom ma’noda halokat sari bormoqda. Bu holatdan mamlakatning ko‘pchilik aholisi judayam xursand bo‘ladi", — deya fikr bildirdi AQSh prezidenti.
Shuningdek, AQSh rahbari Venesueladagi operasiyada ko‘plab kubaliklar o‘ldirilganini, ular kubalik xavfsizlik xodimlari ekanini ma’lum qildi.
"Bilasizmi, u yerda ko‘plab kubaliklar o‘ldirildi", — dedi Tramp Air Force One samolyotida jurnalistlarga.
"Kuba hukumati AQSh amaliyoti natijasida 32 kishi halok bo‘lganini xabar qildi. 5 va 6 yanvar kunlari mamlakatda motam kunlari deb e’lon qilindi", deb yozadi Reuters.