Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Men qaytdim!" Konor mashg‘ulotlarni boshladi

A A A
"Men qaytdim!" Konor mashg‘ulotlarni boshladi

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor mashg‘ulotlarni boshlagani va tez orada oktagonga qaytishini e’lon qildi.

Irlandiyalik Dastin Poryega qarshi kechgan jangda oyog‘ini sindirib olgandi. Konor kutilayotgandan ham ertaroq oktagonga qaytmoqchi.

"Jarohatdan keyin ilk bor lapa urishni boshladim! Qanday mazza! Mening yaxshi do‘stim Arnold Shvarsenegger aytganidek, "Men qaytaman, jin urgur! Alam bilan qaytaman! Shu o‘rinda meni kutilganidan ham ertaroq jarohatdan forig‘ bo‘lishga yordam bergan shifokorlar va jamoamga rahmat aytaman. Oyog‘imdan olgan jiddiy jarohatdan so‘ng meni oyoqqa turg‘azishdi. Sport tarixidagi eng buyuk qaytishni amalga oshiraman. Yana ikki oy va men yana oyoqda zarba berish, kurash tushish va bemalaol yugura olaman. Meni kuzatib boring. Bu yilgi taqvimda sakkiz hafta qoldi. Bizni 2022 yilda ajoyib start kutmoqda. Sizlar singan oyoq meni to‘xtatib qoladi deb o‘ylaysizlarmi? Yo‘q, mening uchta oyog‘im bor", - dedi Konor.

Kiritildi: 09:45 01.11.2021. O'qildi: 3334 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!