Ukraina prezidenti bu haqda NBC News'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Zelenskiyning boshqa bayonotlari:
◾️ Men hanuzgacha Ukrainaning harbiy yo‘l bilan g‘alaba qozonishiga ishonaman;
◾️ Tramp Putinni qo‘rqitdi. AQSh prezidentida Putinni tinchlik muzokaralariga majburlash uchun imkoniyat bor;
◾️ Men Trampga ishonaman, chunki u Qo‘shma Shtatlar prezidenti;
◾️ Men Ukrainaning NATO'ga qo‘shilishi evaziga bosib olingan hududlardan voz kechish masalasini diplomatik kelishuv doirasida muhokama qilishga tayyorman. Ammo biz barcha hududlarimizni diplomatik yo‘l bilan qaytarishimiz kerak bo‘ladi;
◾️ Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasining Belarusdagi harbiy mashg‘ulotlarining davom etmoqda, shu sababli Yevropaning boshqa hududlariga keng ko‘lamli bosqin ehtimoli bor;
◾️ Putin shu yilning yozidayoq NATO'ga qarshi urush boshlashi mumkin.