Bu haqda Donald Tramp fikr bildirdi.
"Variantlar — Eronni yo‘q qilish, uning iqtisodiy jihatdan tanazzulga uchrashiga qo‘yib berish yoki kelishuv tuzish. Ular o‘zlarini yaxshi tutganlari ma’qul!", — dedi AQSh prezidenti.
Tramp, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishi doirasida Eron prezidenti Pizishkiyon bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon kelasi hafta BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka boradi.