Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Melanya Tramp AQShda O‘zbekiston birinchi xonimiga hamrohlik qila olmasligi mumkin

A A A
Melanya Tramp AQShda O‘zbekiston birinchi xonimiga hamrohlik qila olmasligi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 16-17 may kunlari AQShga rasmiy tashrif bilan uchib ketgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda O‘zbekiston birinchi xonimiga AQSh Prezidentining rafiqasi Melanya Tramp hamrohlik qila olmaydi. Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lum qildi.

Melanya Tramp buyragidagi muammo tufayli shifoxonaga yotqizilgan va operasiya qilingan. Operasiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqda Prezident Tramp o‘zining «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Melanya hozir o‘zini juda tetik his etmoqda, kayfiyati ham yaxshi. Tramp yaxshi tilaklar uchun barchaga minnatdorlik bildirgan.

Kiritildi: 05:58 15.05.2018. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik