Meksikadagi tartibsizliklar davomida narkokartel jangarilari huquq-tartibot organlarining 27 nafar xodimini o‘ldirdi.
Bu haqdagi ma’lumotlarni xavfsizlik vaziri Omar Garsiya Arfush matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "RIA Novosti".
"Milliy gvardiyaning 25 nafar xodimi, bir nafar qo‘riqlash xizmati xodimi va shtat prokuraturasining bir nafar xodimi halok bo‘ldi", — deb bayonot berdi u.