Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Meksikada krematoriydan 383 ta jasad topildi

Meksikada krematoriydan 383 ta jasad topildi

Meksikaning AQSh bilan chegaradosh shahri Syudad-Xuaresda joylashgan bir krematoriyda 383 nafar inson jasadi topildi. Bu haqda Chiuaua shtati prokuraturasi ma’lum qildi.

Hukumatning bayonotiga ko‘ra, mazkur krematoriy olti tajsiyaxona (dafn xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot) bilan hamkorlik qilgan.

Prokuratura tekshiruvni anonim qo‘ng‘iroq asosida boshlagan. Reyd paytida faqat jasadlar emas, balki boshqa inson qoldiqlari ham aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim jasadlar bu yerda 3–4 yildan beri saqlanib kelayotgan bo‘lishi mumkin.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, krematoriy faoliyati to‘xtatilgan.

Kiritildi: 14:09 01.07.2025. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!