Meksikaning Monterrey shahrida jonli efir vaqtida jurnalist va operatorni yo‘ltanlamas avtomobil urib ketdi. Hodisa oqibatida ular jarohatlangan, biroq hozirda ahvoli barqaror.
Voqea 2 oktyabr kuni kuchli yomg‘irdan keyingi vaziyatni yoritayotgan suratga olish guruhi ishlayotgan paytda sodir bo‘lgan. Jurnalist Alma de la Rosa Flores va operator Kristo Morales yo‘l chetida reportaj tayyorlayotgan bo‘lgan.
Nam yo‘lda harakatlangan Jeep haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobilni jurnalistlar tomon burib yuborgan. Avtomobil ularni urganidan so‘ng jonli efir to‘satdan uzilib qolgan.
Hodisa joyiga qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari yetib kelgan. Operator shifoxonaga olib ketilgan, jurnalist esa tez yordam mashinasiga qutqaruvchilar yordamida joylashtirilgan.
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng jurnalistda bir nechta lat yeyish holatlari aniqlangan, biroq suyak sinishi qayd etilmagan. Operatorda ham taxmin qilingan sinishlar tasdiqlanmagan.
Avtomobil haydovchisi polisiya tomonidan qo‘lga olingan va keyingi tergov uchun prokuraturaga topshirilgan.