Bugun 16 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Meksikada avtomagistral bo‘yida boshsiz jasadlar topildi

Meksikada avtomagistral bo‘yida boshsiz jasadlar topildi

Meksika Milliy gvardiyasi xodimlari Xalisko shtatidagi Lagos-de-Moreno va San-Luis-Potosi shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda besh nafar boshsiz jasadni topdi. Jasadlar qora polietilen paketlarga o‘ralgan holda topilgan. Yana bir sumkada ularning boshlari bor edi, ammo ularning yoshini hozircha aniqlab bo‘lmaydi, deya xabar beradi Expansion politica.

Nashrning qayd etishicha, Xalisko shtatida kartellar va kuchli tuzilmalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar va vandalizm harakatlari bir oydan ortiq vaqtdan beri davom etmoqda. Bu holat narkobaron Xoakin Gusmanning o‘g‘li Xoakin Gusman Lopes va Sinaloa karteli asoschisi Ismoil Zambada Garsiya hibsga olinganidan keyin boshlangan.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar ikki guruh – Xoakin Gusmanning farzandlari boshchiligidagi “Los Chapitos” va yaqinda hibsga olingan Ismoil Zambada Garsiya boshchiligidagi “Los-Mayos” karteli o‘rtasida kechmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakatda jamoat tartibini saqlash uchun armiya va Milliy gvardiyaning katta kontingenti safarbar etilgan. Xususan, Sinaloa shtatining poytaxti Kuliakan shahrida jamoat tartibini saqlash uchun turli qurolli kuchlarning 22 ming askari va shaxsiy tarkibi safarbar etilgan. “Espejo” jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir oy ichida ushbu mojarolar oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 234 kishi bedarak yo‘qolgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari orasida Xalisko shtatida 1415 kishi halok bo‘lgan. 2006 yilda hukumat narkotik savdosiga qarshi kurash uchun harbiylarni safarbar qilganidan beri Mekcikada 450 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, minglab odamlar bedarak yo‘qoldi.

Kiritildi: 23:58 15.10.2024. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!