Meksika prokuraturasi sobiq prezident Enrike Penya Nyetoga qarshi korrupsiya ishi bo‘yicha tergov boshladi, deya ma’lum qilmoqda Reuters agentligiga tayanib "xs.uz".
Prokuratura vakillarining so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident 2012 yilgi saylovoldi kampaniyasi faoliyatini Braziliyaning “Odebrecht” qurilish kompaniyasidan olingan pora hisobiga moliyalashtirishda ayblanmoqda.
Ta’kidlanishicha, tergov jarayoni Meksikaning “Pemex” neft kompaniyasining sobiq rahbari Emilio Lozoyyaning Penya Nyeto unga saylovoldi kampaniyasini olib borish va kongressda ovozlarni sotib olish uchun pora berganligi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalariga asoslangan.
"Keyinchalik prezidentlik lavozimini egallagan inson va uning moliya vaziri bu pullarni saylovoldi kampaniyasida ishlagan turli xorijiy maslahatchilarga o‘tkazishni buyurgan", deya ta’kidlamoqda Meksika bosh prokurori Alexandro Gertz.
Bundan tashqari, besh senatorga 2013-2014 yilgi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 5 million AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ ajratilgan.
2012 yildan 2018 yilgacha Meksika prezidenti bo‘lgan sobiq mamlakat rahbari hozircha bu ayblovlarga izoh bermadi.