Klaudiya Sheynbaum Eron terma jamoasi nega o‘z bazasini Meksikaga ko‘chirayotganini izohladi.
Avvalroq Eron futbol federasiyasi prezidenti Mexdi Taj jamoaning mashg‘ulot bazasi AQShdan Meksikaga ko‘chirilishi haqida xabar bergan edi.
"Qo‘shma Shtatlar Eron jamoasi o‘z hududida bo‘lishini istamadi. Shu sababli ular [Eron] bizdan: "Biz Meksikada bazaga ega bo‘la olamizmi?" deb so‘rashdi va biz: "Ha, muammo yo‘q", deb javob berdik", — dedi Meksika prezidenti.
JCH-2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.