Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Mehnat vazirligi fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natmoqchi

Mehnat vazirligi fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natmoqchi

Janubiy Koreya Respublikasi Bandlik va Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasi hududida ishga joylashtirish bo‘yicha Hamkorlik memorandumi doirasida yurtdoshlarimiz ushbu mamlakatda mehnat faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.

Fuqarolar Koreyaga ishga ketishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat etishlari lozim.

Fuqarolarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.

2. Nomzodning yoshi 18 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lishi.

3. Koreys tilini bilishi.

4. Sudlanmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga ruxsat (xorijga chiqish pasporti) mavjud bo‘lishi.

5. Koreya Respublikasi hududida bo‘lish va boshqa qonunlarini buzmagan bo‘lishi.

6. Sog‘lom va rang ajrata olmaslik kasalligi (daltonizm) bo‘lmasligi.

7. Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddat davomida ishlamagan bo‘lishi lozim.

Eslatma: fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish (E-9 ishchi viza) huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hisoblanadi, xususiy bandlik agentliklarining bunga vakolati yo‘q.

Kiritildi: 22:35 31.01.2020. O'qildi: 5579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!