Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi

Mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi

Bunda viloyatlar markazi va turizmga ixtisoslashgan 36 ta tumanda – 30 mlrd. so‘mgacha, boshqa hududlarda 10 mlrd. so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi.

3 yilda mehmonxona va turizm maskani qurish uchun 5 ming gektar yer auksionda sotiladi. Tadbirkordan yer uchun to‘lov undirilmaydi, evaziga davlat shu summa bilan loyihaga ulushdor bo‘ladi.

Tadbirkor 10 yil ichida bu ulushni sotib olishi mumkin bo‘ladi. Agar yer naqd sotib olinsa, 20% chegirma beriladi.

Shuningdek, har bir turist uchun kunlik 62 ming so‘mgacha yig‘imni endi faqat poytaxt, viloyat markazlari va yirik turistik hududlardagi mehmonxonalar to‘laydi.

Kiritildi: 14:46 20.08.2025. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!