Rossiya sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya shaharlariga hujumlari tez-tez takrorlanayotgani sababli, Moskva uchun Kiyevga nisbatan endi hech qanday qoidalar qolmagan va bo‘lishi ham mumkin emas.
Hozirda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Medvedevning aytishicha, Moskva uchun yagona istisno fuqarolarni qasddan, ya’ni ongli ravishda yo‘q qilish bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Medvedev urush qonunlari va odatlari to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyalariga endi ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi. Ushbu hujjatlar harbiy harakatlar ishtirokchilari va tinch aholini bir-biridan ajratish, harbiy asirlarga nisbatan munosabatda bo‘lish, urush paytida madaniy yodgorliklarni himoya qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Medvedevning ushbu bayonoti Ukraina dronlarining Moskva va Moskva viloyatiga qilgan eng yirik hujumidan so‘ng yangradi. Ushbu hujum oqibatida, xususan, poytaxtdagi neftni qayta ishlash zavodi ham zarba ostida qoldi.
Ukraina prezidenti Zelenskiy ushbu zarbani Rossiya harbiylarining yaqinda Kiyevga qilgan ketma-ket hujumlariga javob deb atadi. Rossiyaning so‘nggi hujumlaridan birida ko‘plab infratuzilma ob’ektlari, turar-joy binolari qatorida Kiyev-Pechersk lavrasi (ibodatxonasi) ham yonib ketgan va shaharda besh kishi halok bo‘lgan edi.