Moldova Prezidenti Maya Sandu mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni 2027 yil oxirigacha yakunlashiga umid bildirdi.
Sanduning ta’kidlashicha, bu jarayonga yaqinda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, agar Yevrointegratsiyaga qarshi kuchlar hokimiyatga kelsa, bu muzokaralarni sekinlashtiradi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 15 mayda Moldova hukumati MDHdan chiqish niyatini e’lon qilgan edi va mamlakat tashkilotdan sekin-asta uzoqlashmoqda.