Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

MDHda avtomobillar muammosi: narxlar oshib, sotuvlar kamaymoqda (Xitoy HAVALning so‘mdagi narxi qancha?)

Avto / Xorij A A A
MDHda avtomobillar muammosi: narxlar oshib, sotuvlar kamaymoqda (Xitoy HAVALning so‘mdagi narxi qancha?)

Butun dunyoda kuzatilyotgan keskin inflyasiya, ayniqsa, MDH mamlakatlarida o‘z ta’sir ko‘rsatmoqda. Birinchi navbatda avtomobil bozorida narxlar oshmoqda, bunday o‘sish, jumladan, O‘zbekistonda ham davom etishi mumkin. Bunday xulosaga Rossiyaning "Auto-Broker Club" avtomobil jurnali mutaxassislari o‘zlari e’lon qilgan qiyosiy narx tahlili natijalaridan kelib chiqishdi.

Maqola mualliflarining fikricha, Rossiya iqtisodiyoti MDH uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki hamdo‘stlikning qolgan sakkizta davlati u bilan turli darajada bog‘liq.

Rossiya Federasiyasida yangi avtomobil bozoridagi muammolar 2021 yilda boshlangan, ammo Ukrainadagi barchaga ma’lum voqealardan keyin Rossiya avtomobil bozori haqiqiy inqirozga uchradi. Fevral oyining oxiridan mart oyining boshigacha yangi avtomobillar narxi keskin oshgan. Buning bir qancha sabablari bor. Rossiyaga qarshi sanksiyalarning kuchaytirilishi munosabati bilan Yevropa, Amerika, Yaponiya va Koreya kompaniyalari Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Zavodlar uzoq vaqt ishlamay qola boshladi. Yevropa, Yaponiya va Koreya konsernlari Rossiyadagi avtomobil zavodlarini siyosiy sabablarga ko‘ra majburan to‘xtatib qo‘ydi. Vaziyat umumiy makroiqtisodiy beqarorlik va rubl kursining keskin o‘zgarishi tufayli yanada og‘irlashdi. Bundan tashqari, ta’minot zanjirlari buzilishi tufayli butlovchi qismlar va xomashyo tannarxi oshgan.

MDHdagi eng yirik diller xoldinglaridan biri bo‘lgan Avilon Group tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada avtomobillar narxi 2022 yil aprel oyi boshida 30-40 foizga oshgan. May oyining oxirida Avtostat xabar berishicha, yanvar oyiga nisbatan Rossiya Federasiyasida eng mashhur krossover modellari 21-56 foizga oshgan (faqat tavsiya etilgan chakana narxlar hisobga olingan, dillerlardagi haqiqiy narxlar yanada o‘zgargan).

Ilgari mashhur bo‘lgan bir qator modellar, asosan, ularni tarqatish tarmoqlariga yetkazib berish to‘xtatilganligi sababli, sotib olish mumkin bo‘lmagan. Bularga Wolksvagen Taos, Hyundai Sreta, Kia Celtos, Toyota RAV4 va boshqalar kiradi.

Biroq, iyun oyida rubl kursi barqarorlashganidan so‘ng, iyul oyida Rossiya Federasiyasidagi ba’zi mashhur modellar narxning o‘sishini qisman qoplagan holda, biroz "pastladi". Shunday qilib, Auto Discovery tadqiqotiga ko‘ra, Tulada yig‘ilgan Haval Jolion krossoveri bugungi kunda 2,25 million rubl (403 677 678 so‘m) turadi, bu iyun oyiga nisbatan 6 foizga arzon. Ammo iyul oyida Haval F7 narxi 3 foizga tushib ketdi va hozirda 2,92 million rublni (523 883 920 so‘m) tashkil etmoqda.

Ammo shunga qaramay, mutaxassislar, asosan, hozirgi real vaziyatga e’tibor berishadi. “Rossiya bozoridagi eng ommabop avtomobil – mahalliy Lada Vesta yil boshidan buyon 30 foizga qimmatlashdi. Va bu faqat rasmiy ma’lumotlar. Dilerlik do‘konlarida narxlar va majburiy qo‘shimcha imkoniyatlar tufayli narx 100%ga o‘sishi mumkin va allaqachon 2 million rublga yetib qoldi" ma’lumot bermoqda nufuzli Auto.Mail.Ru portali. Va bu sotilgan avtomobillar soni doimiy ravishda kamayib borayotganiga qaramay.

Belarus avtomobil bozorida vaziyat Rossiyadagiga o‘xshab ketsa-da, unchalik og‘ir emas. Belarus ham G‘arb sanksiyalari ostida.

Qozog‘istonda ham avtomobillar narxining oshishi va avval Rossiya Federasiyasidan yetkazib berilgan bir qator modellarning yetishmasligi kuzatildi. 2022 yil fevral oyining oxiridan avgust oyi boshigacha Qozog‘istonda yangi avtomobillar 20 foizdan ko‘proqqa qimmatlagan. Masalan, Hyundau Accent yanvar oyida modifikasiyasiga qarab 6,4 – 7,5 million tenge (147 362 351 so‘m – 172 690 255 so‘m) oralig‘ida bo‘lgan bo‘lsa, avgust oyi boshida 7,8 – 10,7 million tenge (179 597 826)ga tusha boshladi. 430 so‘m) - dinamika + 22-30%. Lada Granta 2022 yil yanvar oyida Qozog‘istonda 3,7 million tenge (85 193 859 so‘m) turadi, bugungi kunda esa kamida 4,7 million tenge (108 219 226 so‘m) turadi, ya’ni + 27 foiz o‘sish.

Kiritildi: 16:58 18.08.2022. O'qildi: 5229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!