Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

MDH mamlakatlarida o‘rnatilgan eng baland archalar reytingi e’lon qilindi

A A A
MDH mamlakatlarida o‘rnatilgan eng baland archalar reytingi e’lon qilindi

“TurStat” portali yangi 2020 yil bayrami arafasida MDH mamlakatlari shaharlarida o‘rnatilgan eng baland archalar reytingini e’lon qildi.

Reyting archalarning balandligi tadqiqot natijalari asosida tuzilgan.  Xabarda ta’kidlanishicha, MDH mamlakatlarining poytaxtlarida o‘rnatilgan archalar top-10ligiga Ashxabod (40 metr), Yerevan (37 m), Toshkent (36 m), Baku (34 m), Minsk (30 m), Dushanbe (29 m), Moskva (27 m), Bishkek (27 m), Nur-Sulton (25 m) va Kishinev (20 m) shaharlarida o‘rnatilgan archalar kiritilgan. 

Reytingda birinchi o‘rini egallagan Turkmanistonning 40 metrlik bosh archasi Ashxaboddagi “Alem” (“Olam”) madaniy-ko‘ngilochar markaz yaqinidagi maydonga o‘rnatilgan. Archaning chiroqlari tantanali ravishda joriy yilning 15 dekabr kuni yoqildi.

Ikkinchi o‘rinni egallagan Armanistonning bosh archasi Yerevanda o‘rnatilgan bo‘lib, balandligi 37 metrni tashkil etadi. Uning chiroqlari joriy yilning 21 dekabr kuni yoqildi.

Poytaxtimizda o‘rnatilgan bayram archasi uchinchi o‘rinni egalladi. 36 metrlik mazkur archa Toshkentdagi Istiqlol ko‘chasidagi Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxona yaqinida 2019 yilning 10 dekabr kuni o‘rnatildi.

Kiritildi: 07:20 27.12.2019. O'qildi: 4008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!