Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoy kompaniyalari AQSh armiyasiga oid ma’lumotlarni sotuvga chiqardi

Xitoy kompaniyalari AQSh armiyasiga oid ma’lumotlarni sotuvga chiqardi

WP nashrining yozishicha, Xitoy kompaniyalari sun’iy intellekt yordamida ochiq manbalardan Qo‘shma Shtatlarning Yaqin Sharqdagi qo‘shinlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plab, sotmoqda.

Ba’zi kompaniyalar Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi bilan aloqador bo‘lib, ular AQSh harbiy bazalari, aviatashuvchi guruhlari va Tehronga berilishi mumkin bo‘lgan havo zarbalariga tayyorgarlik jarayonlari haqidagi ma’lumotlarni bo‘lishishga tayyor, deyiladi xabarda.

Pekin Eron bilan urushda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishdan uzoqlashayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi besh yil ichida xususiy sun’iy intellektdan harbiy maqsadlarda foydalanish tashabbusi doirasida paydo bo‘lgan kompaniyalar mojarodan foyda ko‘rmoqda, deb yozadi WP.

Amerikalik amaldorlar va ekspertlar esa bunday vositalarning haqiqiy tahdidi haqida bir xil fikrda emas, ammo bunday takliflarning ko‘payishi Pekinning razvedka imkoniyatlari qudratini namoyish etish istagini aks ettirishini tan olishmoqda.

Kiritildi: 13:45 05.04.2026. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!