Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron AQShning urib tushirilgan uchuvchini evakuasiya qilgani haqidagi xabarni inkor etdi

Eron AQShning urib tushirilgan uchuvchini evakuasiya qilgani haqidagi xabarni inkor etdi

Eron AQShning urib tushirilgan uchuvchini evakuasiya qilgani haqidagi xabarni inkor etdi.

Bu haqda CNN Eron davlat ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar bermoqda.

Ularning ta’kidlashicha, uchuvchilarni qutqarish operasiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan, samolyotlar esa amerikalik harbiylar tomonidan emas, balki eronliklar tomonidan yo‘q qilingan.

"Isfahon viloyatining janubiy qismida dushman aviasiyasi, jumladan 2 ta Black Hawk vertolyoti va bitta C-130 harbiy-transport samolyoti urib tushirildi va hozirda yonyapti", — deb hukumat bayonot berdi.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar ikkinchi uchuvchi qutqarilganini va operasiya davomida AQSh tomonidan halok bo‘lganlar yo‘qligini da’vo qilgan edi.

Kiritildi: 23:39 05.04.2026. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!